O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 30-noyabr kuni Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashdi.
Baxtiyor Saidovning ijtimoiy tarmoqdagi postida keltirilishicha, tashqi siyosat yetakchilari O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining keng qamrovli kun tartibini muhokama qilgan, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda bo‘lajak tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqqan.