Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi

Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi

Seshanba kuni Damashq sudi Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadni insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlarida aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Sud qaroriga ko‘ra, Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Undan tashqari, Asad davrida Dera viloyatidagi siyosiy xavfsizlik bo‘linmasini boshqargan sobiq prezidentning amakivachchasi Atef Najib ham qasddan odam o‘ldirish va qiynoqqa solishda aybdor deb topildi.

Agentlikning ta’kidlashicha, Najib hukm chiqarilayotgan paytda panjara ortida qamoqxona kiyimida turgan. Sud unga nisbatan o‘lim hukmini ham chiqargan

Ma’lumot uchun, 2024 yil dekabrida Damashqda hokimiyat qurolli muxolifat qo‘liga o‘tgan. Asad Suriya prezidenti lavozimini va mamlakatni tark etdi. Shundan so‘ng mamlakat prezidenti lavozimini Ahmad ash-Sharaa egallagan.

Kiritildi: 14:52 11.08.2026. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!