Ispaniyadagi aeroportlarni boshqaradigan Aena kompaniyasi yomon ob-havo tufayli Barselona aeroportida 50 ga yaqin reyslarni bekor qilganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, shaharga qo‘nishi kerak bo‘lgan 17 ta samolyot boshqa havo portlariga yo‘naltirilgan.
« Hozirda 50 ta reyslar bekor qilingan » , deyiladi xabarda . Operator, shuningdek, yomon ob-havo oqibatlarini nazorat qilish uchun inqiroz qo‘mitasi tuzilganini aytdi.