Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"Barselona" Neymarni ortga qaytarishdan bosh tortdi

A A A
"Barselona" Neymarni ortga qaytarishdan bosh tortdi

"Barselona" braziliyalik hujumchi Neymarni "Kamp Nou"ga qaytarishdan bosh tortdi. Mundo Deportivo nashri "ko‘k-anorranglilar"ning bunday qarori sababidan xabardor bo‘ldi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Ispaniya chempionlari 31 yoshli yulduzni qo‘lga kiritish moliyaviy jihatdan foydasiz bo‘lib, jamoaning kiyim almashtirish xonasidagi muhit buzilishiga olib kelishi mumkin, degan qarorga kelgan.

Neymar 2013 yildan 2017 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng 222 million yevro evaziga "PSJ"ga o‘tgan edi. Bu futbol tarixidagi eng qimmat transfer. Braziliyalik futbolchining fransuzlar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 13:02 10.07.2023. O'qildi: 1274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!