Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Barselona" ikki asosiy himoyachisidan kamiga 1 oyga ayrildi

"Barselona" ikki asosiy himoyachisidan kamiga 1 oyga ayrildi

"Barselona" rasmiy saytida Kubok doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan himoyachilar Jyul Kunde va Alexandro Baldening sog‘lig‘i borasida ma’lumot e’lon qilindi.

Kundening chap oyoq son ikki boshli mushagining o‘rta qismida shikastlanish aniqlangan. Fransiyalik futbolchining safga qaytish muddati tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.

Baldega kelsak, unda son ikki boshli mushagining distal qismi shikastlangani tashxisi qo‘yilgan. Alexandroning tiklanishi uchun taxminan to‘rt hafta vaqt kerak bo‘lishi kutilmoqda.

"Barselona" "Atletiko"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi, biroq Ispaniya Kubogi finaliga chiqa olmadi. Madridda o‘tgan dastlabki uchrashuvda kataloniyaliklar 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

Kiritildi: Bugun 19:19. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!