Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Barsa" "Manchester Siti" yulduzi uchun 50 million yevro sarflashi mumkin

"Barsa" "Manchester Siti" yulduzi uchun 50 million yevro sarflashi mumkin

«Barselona» Bernardu Silva bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan.

29 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘zi ham faoliyatini Kataloniyada davom ettirishga qarshi emas. Silva 2017 yilda «Monako»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallagan.

Silvaning transfer narxi taxminan 80 millionga baholanmoqda. Biroq futbolchining shartnomasida yozda 50 million yevroga ketishi mumkinligi to‘g‘risidagi band bor.

Ma’lumot uchun, Bernardu joriy mavsum barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 09:31 25.04.2024. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!