Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bankdan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Bankdan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Bugun soat taxminan 10:04 larda Xorazm viloyati Urganch shahar Jizzax ko‘chasida joylashgan “Tinchlik Bank xizmatlari”  kichik bank binosiga kelgan shaxs bank xodimasi bo‘lgan fuqaro SH.K.ning xizmat joyida yolg‘izligidan foydalanib, unga tan jarohati yetkazgan holda kassada mavjud bo‘lgan, jami 21.088 AQSh dollari va 19.000.850 so‘m pul mablag‘ini olib chiqib ketgan. 

Shundan so‘ng, bank xodimasi tomonidan kelib tushgan tashvish signaliga asosan, zudlik bilan manzilga yetib kelgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati hamda IIB mas’ul hodimlari birgalikda holatni tezkorlik bilan o‘rganib, o‘g‘irlik sodir qilgan shaxsni Urganch tumani, Chakka sholikor qishlog‘idan ashyoviy dalillar bilan ushlab, voqea joyiga olib kelishgan. 

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, jinoyatga qo‘l urgan shaxs Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, hozirda Urganch tumanida istiqomat qiluvchi 30 yoshli fuqaro M.E. ekanligi aniqlandi va hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:24 30.10.2020. O'qildi: 2661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!