Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan sud qarorlari ijrosini ta’minlash, qonun ustuvorligini amalda qaror toptirish maqsadida navbatdagi amaliy harakatlar olib borildi.
Jumladan, boshqarmaning alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi inspektorlari tomonidan sudning hal qiluv qarori ijrosini ta’minlash doirasida qarzdorga nisbatan belgilangan tartibda majburiy ijro choralari qo‘llanildi.
Sud qaroriga asosan, qarzdordan «Biznesni rivojlantirish banki» foydasiga 2 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish belgilangan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan garovda turgan yuk avtomashinasi (fura) xatlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Mazkur ijro harakatlari davomida mol-mulkning saqlanishi, uning qiymati va keyinchalik undirish jarayonida qonuniy tartibda realizasiya qilinishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ayni paytda qarzdorlikni to‘liq undirish, sud qarorining o‘z vaqtida va so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha ijro harakatlari izchil davom ettirilmoqda.