Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bangkokda o‘zbek jangchisini muhim to‘qnashuv kutmoqda

Bangkokda o‘zbek jangchisini muhim to‘qnashuv kutmoqda

O‘zbekistonlik muaytoy ustasi Aslomjon Ortiqov ONE Championship tashkiloti chempionlik kamari uchun yana bir bor jang o‘tkazadi. Tashkilot rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, u 20 noyabr kuni Bangkokda tashkil etiladigan The Inner Circle 39 turnirida amaldagi chempion, rossiyalik Asadulla Imangazaliyevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ushbu jang nafaqat revansh maqomiga ega, balki muaytoy bo‘yicha Gran-pri musobaqasining chorak final bahsi ham hisoblanadi. Tomonlar avval joriy yil iyun oyida to‘qnash kelishgan. O‘shanda g‘olib hakamlarning bo‘lingan qarori asosida Imangazaliyev deb topilgan edi.

Alomjon Ortiqov birinchi jangdan keyin xato va kamchiliklarini tahlil qilganini ta’kidlagan. Samarqandlik sportchi revansh bahsida yanada faol harakat qilib, raqibini mag‘lub etishga intilishini bildirgan.

23 yoshli o‘zbek jangchisi ushbu bellashuvda g‘alaba qozonsa, ONE Championship tarixida muaytoy yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik sportchiga aylanadi.

Kiritildi: 09:47 20.11.2026. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik