Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun yer olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun yer olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. tadbirkor O‘.ning ishonchiga kirib, unga Andijon tumani, Mirobod MFY hududidan sholichilik hamda baliqchilik ko‘li tashkil qilishi uchun kadastr idoralarida ishlovchi tanishi orqali 2,3 gektar yer maydonini 20 000 AQSh dollariga olib berishni va’da qilib, shundan 18 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Andijon viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat kadastr korxonasi sobiq mutaxassisi B.A. fuqaro M.M.dan 18 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:32 29.07.2021. O'qildi: 1827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!