Bahrayn AQSh dengiz flotining 5-floti shtab-kvartirasiga Eron tomonidan raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabar berdi.
Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
**************************************************
Bahraynda sirena ovozi eshitildi.
Bu haqda Bahrayn Qirolligi Ichki ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida aytilmoqda.
Vazirlik sirenaning ishga tushish sababini hali aniqlamadi. Mamlakat fuqarolari va aholisiga xotirjamlikni saqlash va eng yaqin xavfsiz joyga borish tavsiya etiladi.
Al Jazeera xabariga ko‘ra, Bahraynda portlashlar haqida xabar berilmoqda.
Bundan tashqari, Bahrayn Ichki ishlar vazirligi favqulodda holat e’lon qildi.
Mamlakat o‘z havo hududini yopdi.