Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

BAAda prezident vafot etdi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi

BAAda prezident vafot etdi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi

2004 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon uzoq kasallikdan so‘ng 13 may kuni 73 yoshida vafot etdi.

"Prezident ishlari bo‘yicha vazirlik BAA prezidenti hazrati oliylari shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan BAA xalqi, arab va islom millati va butun dunyoga ta’ziya bildiradi", - deyiladi mamlakat prezident ishlari bo‘yicha vazirligi xabarida.

Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda Amirlikning prezident ishlari bo‘yicha vazirligi xabar berdi.

"BAA davlati motam e’lon qiladi, bugundan boshlab vazirliklar, davlat muassasalari, federal va mahalliy tashkilotlar hamda xususiy sektor korxonalari prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan uch kun davomida ishlamaydi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan tashqari, mamlakatda 40 kun davomida bayroqlar tushirib qo‘yiladi.

Kiritildi: 22:28 13.05.2022. O'qildi: 3384 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!