Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Saudiya Arabistoni AQShga Yamandagi Xodayda portini husiylarning «Ansar Alloh» guruhidan ozod etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam taqdim etish borasida murojaat yo‘lladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Abu-Dabi va Ar-Riyod bu port shahri ta’minoti Yamanda istiqomat qiluvchi 29 mln insonning hayotiga bevosita bog‘liq ekanini aytmoqda. Ularning fikricha, AQShning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlovisiz ular Xodaydani ozod qilish bo‘yicha amaliyotni o‘tkaza olmaydi.
Ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti ma’muriyati yakuniy qarorni hali qabul qilmadi, sababi shaharga yaqin yerdagi jangovar harakatlar nazoratdan chiqib ketishi mumkin ekanidan xavfsiramoqda.