Mamlakat rasmiylari Toncoin kriptovalyutasi yaratuvchilari bayonotini rasmiy ravishda rad etdi va “oltin vizalar”ni avvalgidek faqat olimlar, tadbirkorlar yoki kamida 2 million dirham (taxminan 462 ming yevro) kapitalga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk investorlari olishlari mumkinligini ta’kidladi.
Bir kun avval Pavel Durov asos solgan blokcheyn platformasi Toncoin egalari Birlashgan Arab Amirliklarida 10 yillik “oltin viza” olish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida e’lon qilingan edi. Buning uchun mazkur kriptovalyutaga 100 ming dollar miqdorida investisiya kiritish va qo‘shimcha ravishda 35 ming dollar komissiya to‘lash talab qilinishi bildirilgandi.
Ushbu xabar ortidan Toncoin kursi 12 foizga oshdi, biroq BAA hukumatining raddiyasidan so‘ng uning qiymati 3 foizga tushib ketdi.