Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Aziza Yoqubova: “Erim agar xiyonat qilsa, videosini yana tarqataman!”

Aziza Yoqubova: “Erim agar xiyonat qilsa, videosini yana tarqataman!”

Turmush o‘rtog‘ining xiyonati ortidan u aks etgan videoroliklarni internet tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan, keyin esa eri bilan yarashib olgan aktrisa Aziza Yoquvoba muxlislarning oilaviy hayot haqidagi savollariga javob berdi. Muxlislardan biri aktrisaga “Nima uchun eringizni yomonlab, sharmanda qilib, u bilan qaytadan yarashib oldingiz?” deya savol bergan.

“Men hech kimni yomonlaganim yo‘q, haqiqatni aytdim. Qilgan ishlarimdan afsuslanmayman. Agar yana bir bor shunday holat takrorlansa, o‘sha ishni qaytadan qilgan bo‘lardim. Nega endi biz ayollar doim azob chekishimiz kerak?”, deydi aktrisa.

Aziza Yoqubova 2020 yilning sentyabr oyida ikkinchi bor turmushga chiqqan edi. Ijodkor oradan bir muddat o‘tgach, turmush o‘rtog‘ining boshqa ayol bilan sayr qilayotgani aks etgan videolavhani o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan.

Kiritildi: 07:35 12.06.2021. O'qildi: 7570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!