Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bundan keyin faqat ta’lim-tarbiya, turizm va sport masalalari bilan shug‘ullanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
«A.Aripovga ta’lim tizimi samaradorligi va ish unumdorligini oshirish uchun A.Abduhakimovdan sog‘liqni saqlash, farmasevtika va boshqa yo‘nalishlarga rahbarlik qilishni chiqarish kerak. U bundan keyin faqat ta’lim-tarbiya, turizm va sport masalalari bilan puxta shug‘ullanishi lozim», - deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.