Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Ayrim yo‘l qoidabuzarliklar uchun endi ogohlantirish beriladi

Ayrim yo‘l qoidabuzarliklar uchun endi ogohlantirish beriladi

2026 yil 4 fevralda qabul qilingan qonunga (O‘RQ–1116) ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq kam ahamiyatli qoidabuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish qo‘llanishi mumkin.

Ma’muriy ogohlantirish — huquqbuzarga qonunga xilof harakatni takrorlamaslik haqida rasmiy tanbeh. U yozma yoki elektron shaklda beriladi.

Ogohlantirish quyidagi moddalar bo‘yicha qo‘llanadi:
— 125-modda (1–2-qismlar);
— 128¹, 128², 128⁶-moddalar;
— 135¹-modda;
— 138-modda (1–2-qismlar).

Bir shaxsga nisbatan ogohlantirish 1 yilda faqat 1 marta qo‘llanadi.

Kiritildi: Bugun 17:23. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!