Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ayrim tadbirkorlarga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz beriladi

Ayrim tadbirkorlarga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida, tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025 yil 1 yanvargacha:

tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi;

fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

Kiritildi: 09:34 23.04.2024. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!