Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ayrim abituriyentlar hamon bino ichkarisigacha shpargarkalar olib kirishni uddalashmoqda

Ayrim abituriyentlar hamon bino ichkarisigacha shpargarkalar olib kirishni uddalashmoqda

Respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga kirish test sinovlarining uchinchi kuni 14 ta oliy ta’lim muassasasining 59 ta ta’lim yo‘nalishida o‘tkazildi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning facebook‘dagi sahifasida berilgan ma’lumotga qaraganda sinovlarda 19 ming 272 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1 419 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 42 nafar abituriyent, shundan 19 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 23 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So‘nggi materiallar Xorazmdan kechasi 1:30da yetib keladi.

19 avgust kuni o‘tkazilgan test natijalari 20 avgustda kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.

Ta’kidlash joizki, sirtqi ta’lim shakliga o‘tkazilayotgan sinovlarda ham jarayon UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 10:24 20.08.2018. O'qildi: 1349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!