Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ayolini kaltaklagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ayolini kaltaklagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Viloyat IIB axborot xizmatining bildirishicha, joriy yilning 21 avgust kuni Guliston shahar navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlariga ko‘ra, Guliston shahrida yashovchi fuqaro Q.B. turmush o‘rtog‘i fuqaro N.E. (ayol) bilan rashk oqibatida o‘zaro janjallashib qolgan.

Natijada erkak xotini tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. Sochlarini olib tashlagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.B. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, ayni damda jabrlanuvchi N.E. shifoxonaga yotqizilgan. U belgilangan davolash muolajalaridan so‘ng ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markaziga joylashtirilib, mutaxassislar tomonidan tegishli yordamlar ko‘rsatiladi.

Kiritildi: 06:01 22.08.2024. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!