Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lishi mumkin

Avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lishi mumkin

🔴 Hozirgi vaqtda eng katta muammo avtomobilni ishlatish natijasida chiqadigan zaharli chiqindilarni kamaytirishdan iborat hisoblanadi.

❓Xo‘sh, inson salomatligiga avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar qanchalik xavfli?

‼️ Avtomobillar ajratadigan zaharli gazlar tarkibida 200 ga yaqin birikmalar bo‘lib, ularning aksariyat qismi zaharli gazlar hisoblanadi.
1995 yildan beri «Xalqaro avtomobilsiz kun» World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2021 yildan boshlab 22 sentyabr respublika bo‘yicha «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilingan.

✅ Avtomobil gazlari bilan ifloslangan muhitda uzoq bo‘lish organizmni umumiy holsizlanishga olib keladi. Aynan avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar bilan ifloslangan havodan nafas olish natijasida
🔹nafas olish yo‘llari,
🔹yurak kasalliklari,
🔹insult va o‘pka saratoni
kabi og‘ir kasalliklar kelib chiqadi.

🔴 Bundan tashqari, idrokning buzilishi, ruhiy tushkunlik kabi psixologik muammolarning paydo bo‘lishi ham havo ifloslanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 19:11 22.09.2023. O'qildi: 5881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!