Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Avtomobil shinasiga yashirilgan “gashish” va “opiy” fosh etildi

Avtomobil shinasiga yashirilgan  “gashish” va “opiy” fosh etildi

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, Jizzax va Samarqand viloyatlari bojxonachilari Davlat xavfsizlik xizmati idoralari vakillari  bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida  tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro F.B. boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtotransport vositasi  ko‘zdan kechirilganida unda  1 dona polietilen o‘ram borligi, uning ichidagi modda ekspertiza xulosasiga ko‘ra,  sof og‘irligi 1 kg. 17 gr.ni tashkil qiluvchi “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
 
Tezkor tadbir davomida fuqaro B.B.ning xonadoni ham ko‘zdan kechirilganida, yerto‘ladagi avtomobil balloni shinasi ichiga 3 dona polietilen o‘ramlar yashirib qo‘yilganligi, mazkur o‘ramlarning ichida jami 3 kg. 90 gr. og‘irlikdagi "opiy" va "gashish" giyohvandlik vositalari yashirilganligi  aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:19 15.05.2021. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!