Kecha, 14 may kuni Toshkent shahrining Qo‘yliq dahasida xususiy korxonaga tegishli “Gazel” rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, kecha soat 20:40 da Toshkent shahar IIBB YOXBga Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan “Elbrus” restorani oldida yonib ketganligi haqida ma’lumot kelib tushgan.
.jpg)
“Yong‘in qisqa fursatda bartaraf etildi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Avtomobilning dvigatel qismida ro‘y bergan yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.