Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘ida inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan zaharli o‘rgimchakning yangi turi topildi.
Bu haqda Sidney milliy muzeyi va Nyukasl universiteti bayonotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi TASS.
Qayd etilishicha, o‘rgimchakning bu turi eng xavfli bo‘lgan Sidney o‘rgimchaklari guruhiga kiradi. Katta o‘lchamlari va kuchli zahari bilan ajralib turadigan o‘rgimchaklarning yangi turlari Nyukasl shahri va uning atrofida yashagan va ularning kichikroq turlari Sidney va megapolis atrofida keng tarqalgan.
Nyukasl universitetining klinik toksikologiya bo‘limi boshlig‘i Jeff Isbisterning aytishicha, o‘rgimchaklar taxminan 20 yil oldin aniqlangan.
“Aslida bu o‘rgimchaklar bu yerda anchadan beri bo‘lgan, lekin biz ularning boshqalardan farq qilishini endigina anglab yetdik. Biroq, mavjud antidot uning zahariga qarshi tura olishi quvonarli”, – dedi u.
Yangi turni tasvirlash uchun olimlar yaqinda to‘plangan yuzlab o‘rgimchaklarning DNKsini o‘tgan asr boshidagi o‘rgimchaklar bilan solishtirishdi.
Yangi turdagi “Atrax christenseni”ni kashf qilinishiga odatdagidan kattaroq va o‘ta tajovuzkor o‘rgimchaklar Sidney sudralib yuruvchilar bog‘idagi laboratoriyaga olib kelinganidan keyin boshlangan.
“Avvalo, biz bu o‘rgimchaklar ushbu turning boshqa o‘rgimchaklariga nisbatan nihoyatda katta ekanligini, shuningdek, ularni bir-biridan ajratib turuvchi bir qator xususiyatlarga ega ekanligini payqadik”, – dedi laboratoriya xodimi Keyn Kristensen.
Shuningdek, Sidney o‘rgimchaklarining yangi turining eng yirik vakillaridan biri 2025 yil boshida Sidney sudralib yuruvchilar bog‘iga olib kelingani ma’lum qilingan. Tana uzunligi 9,2 sm bo‘lgan o‘rgimchak avstraliyalik aktyor Kris Xemsvort sharafiga nomlangan.
O‘rgimchakning bu yangi turi Sidneydan 160 km radiusda va shaharning o‘zida uchraydi. Ular juda tajovuzkor. 1927 yildan 1981 yilgacha bu o‘rgimchaklarning chaqishi natijasida 13 kishi vafot etgan bo‘lsa, 1981 yilda ularning zaharidan tayyorlangan antidot olindi va o‘shandan beri hech qanday o‘lim qayd etilmagan.