Avstraliyalik olimlar Yashil qit’aning tropik mintaqalarida olib borilgan tadqiqotlar davomida bir vaqtning o‘zida o‘rgimchaklarning 40 ta yangi turini aniqladilar. Qiyin iqlim sharoitida omon qolish uchun bu artropodlar yerga teshik qazishadi.
G‘arbiy Avstraliya davlat universiteti va Kvinslend muzeyi xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, topilgan turlar lotincha Y harfi shaklida teshik ochadigan o‘rgimchaklar guruhiga kiradi. Shu bilan birga, bu teshiklar nafaqat boshpana, balki xavf tug‘ilganda yashirinish uchun joy vazifasini o‘taydi. Olti oy ichida mutaxassislar deyarli 140 ta shunday boshpana topdi.
“Biz avstraliyalik o‘rgimchaklarning yangi turlari haqida birinchi maqola tayyorlayapmiz. Molekulyar ketma-ketlik yordamida biz bu artropodlarning joylashishi evolyusiyasi va tarixini o‘rganishni kutmoqdamiz ", - deydi olimlar.