Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish doirasida Avstraliya hukumati Germaniyaga bir samolyot va yuzga yaqin harbiy xizmatchi jo‘natdi. Bu haqda Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, Avstraliyaning E-7A Wedgetail samolyoti Germaniyada joylashtirilgan bo‘lib, uning vazifasi Ukrainaga harbiy texnika o‘tkazish uchun mo‘ljallangan Yevropadagi logistika markazlarini nazorat qilishdir.
E-7A Wedgetail'ning uzunligi deyarli 34 metr bo‘lib, 7040 kilometr parvoz masofasiga ega. U Boeing 737'ning kuzatuv samolyotlari uchun modifikasiya qilingan modelidir.