Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi

Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi

🔘 Qarorga ko‘ra, 2021 yil 15 avgustdan Moliya vazirligining quyidagi funksiyalari auditorlarning jamoat birlashmalariga o‘tkaziladi:

▪️auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish;
▪️auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish;
▪️auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.

🔄 Malaka imtihonlarini o‘tkazish reglamenti auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

🎓 2022 yil 1 avgustdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha auditning xalqaro standartlarini chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlari ta’lim jarayoniga joriy etiladi.

📌 Shuningdek, 2021 yil oxirigacha “Huquq” va “Soliqqa tortish” yo‘nalishlari bo‘yicha natijalari buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida qabul qilinadigan milliy malaka imtihonini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

Kiritildi: 10:08 05.08.2021. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!