Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Asrimizda Islomga chaqiruvchilarning eng katta xatolaridan biri

Asrimizda Islomga chaqiruvchilarning eng katta xatolaridan biri

Kecha Rojihiy fondi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidlarida va Madina Islom Universitetida tafsir ilmidan dars beruvchi buyuk mufassir olim Abdulloh Shinqitiy hafizahulloh bilan uchrashuv tashkil qildi.

Har bir gapi hikmat va ilmga to‘la shayxning nasihatlaridan ba’zilarini siz azizlar bilan baham ko‘rsam:

O‘zingizdan oldingilar yetib kelgan joydan davom ettiring. Asrimizda Islomga chaqiruvchilarning eng katta xatolaridan biri har biri o‘zining Islom markazlari, o‘zining vebsaytlari va madrasalari bo‘lishini xohlaydilar. Pul va rahbarlikni talashishlari sabab tarqoqlikda zaif bo‘lib yuradilar. Bunday bo‘lmasligi uchun islomiy tashkilot yoki vebsayt bo‘lsin, lajna tuzib, jamoa shaklida boshqaruvni yo‘lga qo‘yish kerak.

Rizqingiz da’vatingizdan bo‘lmasin. Boshqa daromadingiz bo‘lsin.

Ilm olishdan maqsad shukr qilishni o‘rganishdir.

Eng qadrli mulkimiz vaqtimiz.

Ilm oling, dinni libos qiling va reja bilan yashang.

Dialog eshigini yopmangki, doimo diniy nizolar 4 holatdan biri bo‘ladi:

1. Menda dalil, sizda dalil unda hamma o‘z fikrida qolsa zarari yo‘q.

2. Menda dalil bor, sizda yo‘q men tomonga o‘tasiz.

3. Menda dalil yo‘q, sizda dalil bor siz tomonga o‘taman.

4. Ikkalamizda ham dalil yo‘q demak tortishishdan foyda yo‘q.

(Mujtahid emas, muqallid bo‘lgan odam yuqoridagi to‘rtala holatda dalil so‘zi o‘rniga imom so‘zini qo‘yib o‘qiydi.)

Odamlar Islomni xulqingizga qarab qabul qiladilar, dalillaringizga qarab emas.

Tafsir o‘zida bor ilmlarni Qur’onni tushunishga xizmat qilish ilmidir. Shunday ekan, mufassir qanchalik ko‘p ilmlarni bilsa, shunchalik Qur’onni yaxshiroq tushun(tir)a oladi.

Dushmanlarimiz bizni ikki narsa bilan mag‘lub qiladilar:

1. Tajhil johilga, ilmsizga aylantirish.

2. Taskit ovozimizni o‘chirish.

Demak, vazifamiz ko‘proq ilm olib, ko‘proq ilm tarqatish bo‘lmog‘i kerak.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 17:24 15.02.2019. O'qildi: 2630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!