Indoneziyada davom etayotgan Osiyo O‘yinlarining futbol musobaqasida guruh bosqichi yakuniga yetdi. Shundan so‘ng, nimchorak finalga chiqqan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
O‘zbekiston U23 terma jamoasi pley-offda “A” guruhida 3-o‘rinni olgan Gonkong terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Mazkur o‘yin 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Agar Ravshan Haydarov shogirdlari gonkongliklar to‘sig‘idan o‘ta olsa, chorak finalda Eron – Janubiy Koreya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.
Osiyo O‘yinlari-2018. Futbol. Nimchorak final juftliklari
23 avgust, juma
Falastin - Suriya
Vyetnam - Bahrayn
O‘zbekiston - Gonkong
Eron - Janubiy Koreya
24 avgust, shanba
Xitoy - Saudiya Arabistoni
Malayziya - Yaponiya
Indoneziya - BAA
Bangladesh – KXDR.
Manba: qalampir.com
Akmalxon