Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ashuro qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Ashuro qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Shu kunlarda ko‘pchilik Ashuro qaysi kunga to‘g‘ri kelishini muhokama qilmoqda. Bir qator dunyoga mashhur diniy saytlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ashuro kuni joriy yilning 9 sentyabr, dushanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, yurtimizda ham Muharram oyining ilk kuni 31 avgustga to‘g‘ri keldi, bundan kelib chiqib, ushbu oyning 10-kuni – Ashuro 9 sentyabrga to‘g‘ri keladi.

Ashuro kunining fazilati haqida turli hadislar kelgan. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ashuro kuni ro‘zasini tutganlarida o‘sha kuni ro‘za tutishga (boshqalarni ham) buyurdilar. Shunda: “Ey Rasululloh, bu kunni yahudiy va nasroniylar ulug‘lashadi”, deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kelasi yil, insha Alloh, to‘qqizinchi kuni ham ro‘za tutamiz”, dedilar. Kelasi yil kelmasdan avval Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etdilar” (Muslim, Abu Dovud va Tabaroniy rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ushbu kun – Ashuro kuni va ushbu oy, ya’ni Ramazon oyi ro‘zasini istaganchalik (intiq bo‘lganchalik) boshqa kun va oylarning ro‘zasini afzal ko‘rmas edilar” (Buxoriy, Muslim va Nasoiy rivoyati).

Abu Qatodadan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Ashuro kuni ro‘zasi o‘tgan yilgi gunohlarga kafforat bo‘lishidan umid qilaman!” deganlar (Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).

Kiritildi: 19:19 06.09.2019. O'qildi: 9359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!