Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Asakada salkam 1 kg opiyni 12 ming dollarga pullayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Asakada salkam 1 kg opiyni 12 ming dollarga pullayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Andijon viloyatining Asaka tumanida 9 avgust kuni «Qoradori—2018» tadbiri davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositasini o‘tkazishga urinish holatining oldi olindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Tumanning Zarbdor mahallasida yashovchi K.M. va Asaka shahrida istiqomat qiluvchi S.B. 927,1 gramm «opiy» giyohvandlik moddasini K.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinada 12 000 dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotiklar Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan. «Surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 06:30 13.08.2018. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!