Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Asakabank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

A A A
“Asakabank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Saliyev Sherzod Ikromovich — “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

SH.Saliyev tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir kotibiyatining Tahliliy materiallarni tayyorlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, u mehnat faoliyatini 2010 yilda AT “Asakabank”ning investision kompaniyasi — “Asaka Investment”da mutaxassis sifatida boshlagan. 2015-2017 yillarda AT “Asakabank”da bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, 2018-2022 yil Vazirlar Mahkamasining Bank tizimini isloh qilish va kreditlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni ko‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Kiritildi: 20:16 29.11.2023. O'qildi: 1771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!