Suriya hukumati rahbari Bashar Asad Idlib xalqi va shahar himoyachilariga o‘lim bilan tahdid qildi.
Asad TASS axborot agentligi uyushtirgan suhbatda idlibliklarga “Yo taslim bo‘lish yoki o‘lim” degan.
Asadning so‘zlariga ko‘ra, Idlib ularning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. U Suriya ozodlik qo‘shini a’zolarini va shahar himoyachilarini terrorchi deb hisoblagan.
Asad Idlib shahri himoyachilariga tahdid qilib, agar hukumat bilan ittifoqda bo‘lmasa ularning ishlarini tugatishini aytgan. Hukumatning nishonida Idlib turganini ta’kidlagan.
U hukumat hujumlaridan qochib Idlibga joylashgan minglab qochqinlar haqida “Terrorchilar qayerda bo‘lsa ham lozim bo‘lgan ishni qilamiz”, deb, 3 million qochqinni terrorchi deb atab, ularga tahdid qilgan.
Manba: azon.uz