Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Armanistonning maqsadi YEOIIdan chiqish emas, balki...

Armanistonning maqsadi YEOIIdan chiqish emas, balki...

Armanistonning maqsadi YEOIIdan chiqish emas, balki YEIga a’zo bo‘lishdir — Pashinyan.

"Bir vaqtning o‘zida ham u yerda, ham bu yerda a’zo bo‘lib bo‘lmaydi. Hozir qaror qabul qilish zarurati yo‘q. Agar ehtiyoj bo‘lmasa, bunday qadamga nima uchun borish kerak?", — dedi u.

Bosh vazir Germaniyaga tashrifidan so‘ng Rossiyaga yo‘l oladi va u yerda YEOII Hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

"Biz YEI bilan munosabatlarni chuqurlashtirmoqdamiz, ammo shu yerdan men Moskvaga ketyapman. Bu mos keladimi? Amalda — ha. Vaqti kelganda, nomuvofiqlik paydo bo‘lganini anglasak, o‘shanda qaysi qarorni qabul qilish haqida o‘ylab ko‘ramiz", — dedi Nikol Pashinyan.

Kiritildi: 14:03 11.12.2025. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!