Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Armaniston va Qozog‘iston Pashinyan haqidagi soxta xabarni rad etdi

Armaniston va Qozog‘iston Pashinyan haqidagi soxta xabarni rad etdi

Qozog‘iston ijtimoiy tarmoqlarida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga tegishli ekani aytilgan soxta bayonotlar tarqaldi. Ularda Pashinyanning Armanistonning Rossiya bilan munosabatlari, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik bo‘yicha ehtimoliy referendum hamda Ozarbayjon bilan munosabatlardagi jarayonlar haqida go‘yoki fikr bildirgani aytilgan. Ayrim xabarlarda esa bu bayonotlar Qozog‘istonga nisbatan tanqid sifatida taqdim etilgan.

Armaniston bosh vaziri apparati tarqatilgan iqtiboslarni uydirma va dezinformasiya deb atadi. Rasmiylar Nikol Pashinyan hech qachon bunday bayonotlar bilan chiqmaganini ta’kidladi.

Qozog‘iston prezidenti huzuridagi Dezinformasiyaga qarshi kurash markazi ham xabarlarning soxtalashtirilganini tasdiqladi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, feyk xabarni tayyorlashda Pashinyanning 3 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda aytgan haqiqiy javobidan foydalanilgan. O‘sha chiqishda Armanistonning davlat qarorlarini mustaqil qabul qilishi haqida so‘z borgan, biroq Qozog‘iston tilga olinmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan versiyada esa Pashinyanning haqiqiy bayonotiga qo‘shimcha jumlalar kiritilib, uning mazmuni o‘zgartirilgan.

Armaniston va Qozog‘iston rasmiylari fuqarolarni bunday xabarlarga tanqidiy yondashishga va ma’lumotlarni rasmiy manbalar orqali tekshirishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 23:13 08.09.2026. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!