Armaniston Rossiyaning yaqin ittifoqchisi bo‘lib qoladi va kelajakda ham Rossiya, ham G‘arb davlatlari bilan munosabtlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz Rossiyaning yaqin ittifoqchisi bo‘lib qolamiz va Rossiya, NATO, Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan munosabatlarni birdek rivojlantirishga umid qilamiz. Tashqi siyosatimizni keskin o‘zgartirish niyatida emasmiz”, deydi Bosh vazir Pashinyan.
Shuningdek, Pashinyan Armaniston NATOga sherik davlat ekani va alyansning Kosovo va Afg‘onistondagi missiyalarida ishtirok etishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hol mamlakatga xalqaro xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi. Pashinyan mamlakati Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo ekanini ham eslatib o‘tdi.
Armaniston Rossiya va G‘arb davlatlari bilan birdek munosabatlar o‘rnatishning uddasidan chiqa olarmikan? Ayniqsa, hozirdigidek qarama-qarshiliklar kuchaygan bir vaziyatda bu yanada qiyinroq bo‘ladi.
Manba: qalampir.com