3-5 may kunlari Armanistonda umumiy aviasiya reyslari vaqtincha taqiqlanadi.
Armaniston Respublikasi Fuqaro aviasiyasi qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, cheklov mamlakatda keng ko‘lamli xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan joriy etilmoqda. Xususan, VIII Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti, Armaniston-Evropa Ittifoqi sammiti va Yerevan muloqoti tashabbusi bo‘lib o‘tadi. Ko‘plab xorijiy delegasiyalar ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan
– Xavfsizlik nuqtai nazaridan, fuqarolik dronlarini o‘z ichiga olgan umumiy aviasiyaning har qanday parvozlari 2026 yil 3-5 may kunlari Armaniston havo hududida taqiqlanadi, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Avvalroq, VIII Yevropa siyosiy hamjamiyati (ESH) sammiti 2026 yil 4 may kuni Yerevan shahrida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Yaqinlashib kelayotgan sammitning asosiy mavzularidan biri aloqa masalasidir. Xususan, O‘rta yo‘lakni (Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi) rivojlantirish va Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo o‘rtasida tovarlar, energiya resurslari va optik tolali aloqa bo‘yicha uzluksiz aloqani ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.