Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Armaniston Falastin mustaqilligini tan olganini e’lon qildi

Armaniston Falastin mustaqilligini tan olganini e’lon qildi

Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oladi, deyiladi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

TIV Armaniston BMT Bosh Assambleyasining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatlaganini, shuningdek, «Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishdan, yahudiy va Falastin xalqlari o‘rtasida mustahkam tinchlik o‘rnatishdan chin dildan manfaatdor ekanligini» eslatdi.

“Turli xalqaro platformalarda biz doimo Falastin muammosini tinch va keng qamrovli hal etish tarafdori bo‘lib kelganmiz va Isroil-Falastin mojarosini hal qilishda «ikki davlat» tamoyilini qo‘llab-quvvatlaganmiz. Ishonchimiz komilki, bu falastinliklar va isroilliklar o‘z qonuniy intilishlarini ro‘yobga chiqarishini ta’minlashning yagona yo‘li”, — deyiladi xabarda.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Yerevanning bayonotidan keyin Armaniston elchisini tanbeh bilan suhbatga chaqirdi.

22 may kuni Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganliklarini e’lon qildi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastinni tan olish qarorini «terrorizm uchun mukofot» deb atadi. Isroil elchilari Falastin mustaqilligini tan olgan davlatlardan maslahatlashuvlar uchun chaqirildi. Falastinni tan olish masalasi ham Daniya parlamentiga taqdim etilgan, biroq deputatlar bunga qarshi ovoz bergan.

Kiritildi: 19:31 21.06.2024. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!