Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Arktika muzliklari bir necha hafta ichida erib ketishi mumkin

Arktika muzliklari bir necha hafta ichida erib ketishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi Arktikaga ko‘proq ta’sir qilmoqda

Arktikada so‘nggi 40 yilda sayyoraning boshqa qismlariga qaraganda harorat 4 marta tezroq isigan.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu mintaqada iqlim o‘zgarishi 1979-2021 yillarda boshqa joylarga qaraganda tezroq kechgan.

Olimlar orasida Arktika iqlimi tezkor ravishda ilib borayotgani to‘g‘risida konsensus bo‘lsa-da, bu bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Masalan, Norvegiyada joylashgan Arktika kengashi 2021 yilda ushbu mintaqada harorat so‘nggi 40 yilda o‘rtacha selsiy shkalasi bo‘yicha 3.1 darajaga oshganini ma’lum qilgan. Bu esa global ko‘rsatkichdan 3 barobarga ko‘p.

«Ilmiy adabiyotlarda Arktika boshqa joylarga qaraganda 2 barobar tezroq isiyotgani qayd etilgan. Shu sababli bizning tadqiqotlarimiz natijasi meni biroz hayratlantirdi», – degan Finlyandiya meteorologiya instituti xodimi Antti Lipponen.

Umuman olganda, shimoliy qutbning turli nuqtalarida iqlim o‘zgarishi turlicha ketayotgani aniqlangan. Masalan, Shpisbergen arxipelagi va Novaya Zemlya oroli yaqinidagi hududlarda harorat o‘rtacha 1.25 darajaga ko‘tarilgan.

Arktikaning isishi butun dunyoga o‘z ta’siri ko‘rsatadi. Masalan, Grenlandiya muzlarining erishi okeanlar sathining 6 metrga ko‘tarilishiga olib keladi.

«Iqlim o‘zgarishiga odamlar sababchi. Arktika isib borishi bilan uning muzlari eriydi va dengiz sathi ko‘tarilishiga olib keladi. Bu yerdagi o‘zgarishlar barchamizga ta’sir ko‘rsatadi», – degan Lipponen.

Kiritildi: 18:08 14.08.2022. O'qildi: 8614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!