Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Argentinani jahon chempionati finaliga olib chiqqan murabbiy koronavirusdan vafot etdi

Argentinani jahon chempionati finaliga olib chiqqan murabbiy koronavirusdan vafot etdi

Taniqli argentinalik murabbiyi Alexandro Sabelya 67 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi TNT Sports.

Argentina milliy jamoasining sobiq ustozi koronavirus infeksiyasi tufayli kuchaygan yurak xastaligidan vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, Sabelya Argentinani 2011 yildan 2014 yilgacha boshqarib, 2014 yilgi mundialda jamoani finalgacha olib borgan. Hal qiluvchi bahsda esa Germaniyaga (0:1) imkoniyat boy berilgan.

Shuningdek, Sabelya «Estudiantes» klubi bilan Argentina chempionligi va Libertadores Kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:40 09.12.2020. O'qildi: 3255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!