Farg‘onaning "Neftchi" klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan argentinalik mutaxassis Xuan Krus Gill jamoani tark etdi.
Klub matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassis oilaviy sabablarga ko‘ra "Neftchi"dan ketishga qaror qilgan.
"Neftchi" Xuan Krus Gillga klubdagi faoliyati va jamoaga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.