Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Argentina ham JSSTdan chiqdi

Argentina ham JSSTdan chiqdi

Argentina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) a’zoligini to‘xtatdi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Pablo Kirnoning aytishicha, bu qaror rasmiy xabarnoma yuborilganidan bir yil o‘tib, 17 mart, seshanba kuni kuchga kirgan.

Kirno X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi: “Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro hamkorlikka ikki tomonlama kelishuvlar va mintaqaviy forumlar orqali ko‘maklashishda davom etadi, shu bilan birga o‘z suverenitetini va sog‘liqni saqlash siyosati masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish imkoniyatini to‘liq himoya qiladi”.

Bir yil avval Argentina hukumati BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga JSST tarkibidan chiqish niyati haqida xabar bergan edi. Mamlakat prezidenti Xaver Miley bu qadamni JSSTning Covid-19 pandemiyasi davrida olib borgan siyosatiga norozilik bilan asoslagan.

Shunga o‘xshash qarorni Argentinadan taxminan bir oy oldin AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati qabul qilgan edi va u yanvar oyi oxirida kuchga kirgan. Shu tariqa, Qo‘shma Shtatlar 1948 yilda tashkil etilgan va 190 dan ortiq a’zoga ega Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqqan birinchi mamlakatga aylandi. Tramp JSSTni korrupsiya, samarasizlik va Xitoy hamda boshqa davlatlarning siyosiy bosimiga yon bosishda ayblagan.

AQSh va Argentina qarorlari ortidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbariyati xodimlar sonini qisqartirmoqda. Kutilishicha, joriy yil oxiriga qadar JSST xodimlarining 25 foizi ishdan bo‘shatiladi.

Kiritildi: Bugun 13:50. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!