Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

ARBITRAJ NIMA, ARBITR KIM?

ARBITRAJ NIMA, ARBITR KIM?

Arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin.

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan Iqtisodiy prosessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kodeksga arbitr tushunchasi kiritilib, arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar, jumladan, arbitrni tayinlash, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar muhokamasi ko‘rilishi belgilandi.

arbitraj — doimiy arbitraj muassasasi yoki muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etiladigan arbitraj sudi tomonidan amalga oshirilishidan qat’i nazar, nizoni hal etish tartib-taomili;

arbitr — taraflar tomonidan nizoni arbitrajda hal qilish uchun kelishilgan tartibda tayinlangan jismoniy shaxs.

Shuningdek, arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari – arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligi belgilandi.

Endilikda arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin.

Qonun bilan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish tartibi belgilandi.

Shuningdek, Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi arizalardan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Kiritildi: 22:38 19.05.2022. O'qildi: 6131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!