Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Aqto‘beda O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH: bir nafar hamyurtimiz o‘ldi

Aqto‘beda O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH: bir nafar hamyurtimiz o‘ldi

Kecha mahalliy vaqt bilan soat 7:10 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Qarabutak mahallasidan o‘tadigan «Samara-Chimkent» xalqaro avtomobil yo‘lining 992-kilometrida Qozog‘iston fuqarosi boshquruvidagi Toyota Previa avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, YTH natijasida avtomobil haydovchisi va Aqtau shahriga ishga ketayotgan 8 nafar yo‘lovchi (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) turli darajadagi tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

43 yoshli fuqaro N.D vafot etgan, 5 nafari davolanmoqda, 2 nafar yo‘lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.

Marhumning jasadini Vatanga yetkazishni tashkil etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Shu o‘rinda, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka, ish jarayonida xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasiga rioya qilishga chaqiradi.

Kiritildi: 14:03 29.07.2021. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!