Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

AQShning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkinligini tan oldi

AQShning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkinligini tan oldi

AQShning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo 2024 yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish ehtimolini rad etmadi.

Bu haqda u Afinadagi Economist konferensiyasida aytdi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Pompeo buni istisno etmagan va har qanday qaror 2023 yil boshida qabul qilinishini aytgan.

O‘tgan yilning mart oyida AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp AQSh prezidentligi uchun yana o‘z nomzodini qo‘yishini inkor etmagan, sobiq davlat kotibi Xillari Klinton esa bunday imkoniyatni rad etgan edi.

Ayni paytda mamlakatning amaldagi prezidenti Jo Bayden ham saylovda ishtirok etish niyatida. The American Conservative nashriga ko‘ra, Bayden keksalik va sog‘liq muammolari tufayli ikkinchi muddatga saylanishi dargumon.

Kiritildi: 06:48 06.07.2022. O'qildi: 2652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!