Bugun 29 iyun, 2024 yil, shanba

КИР

AQShning Merilend shtatida marixuana uchun sudlangan 100 ming kishi afv etildi

AQShning Merilend shtatida marixuana uchun sudlangan 100 ming kishi afv etildi

AQShning Merilend shtati gubernatori marixuana iste’mol qilish, shuningdek, kannabis iste’molida foydalaniladigan buyumlarni saqlaganlik uchun 175 mingdan ortiq sudlanganlik hukmi olib tashlanishini e’lon qildi.

Gubernator Ues Mur Merilend shtati poytaxti Annapolisda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu AQSh tarixidagi shtat darajasidagi eng yirik afv ekanligini ta’kidlagan.

Ushbu harakat 100 mingga yaqin kishidan kichik jinoyatlar uchun sudlanganlik holatini olib tashlash imkonini beradi. Merilend shtati bosh prokurori Entoni Braun ommaviy afvni “irqiy tenglik masalasi” deb atagan.

Merilendda marixuana qonuniylashtirilgan

Merilendda rekreasion kannabis 2023 yilgi referendumdan so‘ng qonuniylashtirilgan, ammo marixuana saqlash va boshqa kichik jinoyatlar uchun avvalgi hukmlar bekor qilinmagan.

Shtatda kannabisdan foydalanish va unga egalik qilish endi noqonuniy bo‘lmagani sababli, merilendliklar uy-joy, ishga joylashish yoki ta’lim olishda to‘siqlarga duch kelmasliklari kerak, chunki qonunga xilof bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun sudlanganlar, — deyiladi gubernator bayonotida.

Kannabisdan rekreasion maqsadda foydalanish AQShning 24 shtatida, shuningdek, Kolumbiya okrugida qonuniy hisoblanadi. Federal darajada AQSh prezidenti Jo Bayden 2022 yilning kuzida marixuana saqlashda ayblangan barcha shaxslarni afv etish haqidagi farmonni imzolagan edi.

Kiritildi: 14:28 18.06.2024. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!