AQShning Iroqdagi elchixonasi o‘z fuqarolarini terrorchilik guruhlari a’zolari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan hujumlardan ogohlantirdi. Bu haqda CNN departament bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
"AQShning Bag‘doddagi elchixonasi xorijiy terrorchilik tashkilotlari tomonidan AQSh korxonalari va AQSh fuqarolari tez-tez bo‘ladigan joylarga nisbatan zo‘ravonlik yoki hujumlar sodir etish ehtimoli ortib borayotganidan xabardor", — deyiladi telekanal elchixona bayonotidan iqtibos keltirgan holda.
AQSh diplomatik missiyasi xodimlari o‘z fuqarolarini chet elliklar to‘planadigan joylarga bormaslikka, shuningdek, olomon va yirik tadbirlardan qochishga chaqirdi.
Bundan tashqari, elchixona qo‘shimcha qilganidek, AQSh Davlat departamenti ham amerikaliklarga Iroqqa sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qiladi.