AQShning Fransiyadagi elchisi prezident Emmanuel Makronga maktub yo‘llab, antisemitizmning kuchayishi va hukumatning harakasizligi borasida chuqur xavotir bildirdi.
Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.
Amerikalik elchi Charlz Kushnerning ta’kidlashicha, Parijning Isroilni tanqid qilishi va Falastinni tan olishi ekstremistlarni ruhlantiradi hamda Fransiyadagi yahudiylarga tahdid soladi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, har kuni yahudiylarga hujumlar, sinagogalarga tahdidlar, shuningdek, yahudiylarga tegishli bizneslarga vandalizm holatlari qayd etilmoqda.
Kushner, shuningdek, fransuz yoshlarining deyarli yarmi Holokost haqida hech narsa bilmasligini aytib, bu holat Fransiyadagi maktab dasturining samaradorligini shubha ostiga qo‘yishini ta’kidladi.