AQShning Eronda tezkor g‘alabaga erishish strategiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda Chikago universiteti professori Jon Mirshaymer ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu tez va hal qiluvchi g‘alabaga erishish mumkin, deb hisoblagan.
Mirshaymer ta’kidlashicha, Vashington va Tel-Aviv Eronni “tiz cho‘ktirish”, shu orqali mamlakat ichida norozilik namoyishlarini kuchaytirish va hukumat almashishiga erishishni rejalashtirgan.
Biroq, uning fikricha, bu strategiya amalga oshmadi va endi AQSh buning uchun katta siyosiy va iqtisodiy narx to‘lamoqda.