Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

AQShning birinchi xonimi koronavirusga chalindi

AQShning birinchi xonimi koronavirusga chalindi

AQSh prezidenti Jo Baydenning xotini koronavirusga chalindi. Bu haqda birinchi xonimning aloqa bo‘yicha direktori Elizabet Aleksandr xabar berdi.

"Dushanba kuni kechqurun, COVID-19 uchun test salbiy natija berganidan so‘ng, birinchi xonim shamollash alomatlarini ko‘rsata boshladi. Tezkor antigen testi salbiy chiqdi, ammo PCR testi ijobiy chiqdi", dedi Aleksandr.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi xonimda koronavirusning yengil alomatlari bor. U Janubiy Karolinadagi rezidensiyasida kamida besh kun izolyasiya qilinadi va ikkita salbiy COVID-19 test natijalarini olgandan keyingina Oq uyga qaytadi. Davolash uchun Jill Baydenga Paxlovid dori kursi buyurildi.

Kiritildi: 23:43 16.08.2022. O'qildi: 2476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!